fbpx

Har bir yosh toifasidagi o‘quvchilar uchun maxsus ta’lim manbalari

Khan Academy amaliy mashqlarni, o‘quv videoroliklarini va o‘quvchilar o‘zlariga mos tezlikda o‘qishini ta’minlab beruvchi panelni taklif etadi. Platforma matematika, ilm-fan, kompyuterda dasturlash, bilogiya, kimyo, fizika, san’at, iqtisodiyot va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha kontent taqdim qiladi. Khan Academyʼning asosiy vazifasi bu o‘quvchini boshlang‘ich matematikadan oliy fanlargacha bo‘lgan o‘qish jarayonida yo‘naltirib turishdir, bunda u o‘quvchining kuchli va zaif taraflarini aniqlab beruvchi zamonaviy va sodda texnologiyalardan foydalanadi. Bundan tashqari, platforma NASA, zamonaviy san’at muzeyi, Kaloforniya ilm-fan akademiyasi va Massachusets texnologiya institutlari bilan hamkorlikda ishlaydi va ular tomonidan taqdim qilingan maxsus kontentdan foydalanadi.

Ota-onalar va o‘qituvchilar uchun bepul vositalar

O‘qituvchilarning imkoniyatlarini yangi darajaga olib chiqish, ularga o‘quvchilarining taraqqiyotini kuzatib borishga imkoniyat yaratish va o‘quvchilarning o‘zlariga ham yordam berish uchun Khan Academy juda ham ulkan hissasini qo‘shib kelmoqda. Bir qiziqib ko‘ringchi, sizning o‘quvchingiz qiynalmoqdami yoki sinfda barchadan oldindami. Mazkur platforma sizga butun sinfning yoki aniq bir o‘quvchining bilim taraqqiyoti haqida to‘liq ma’lumotni ko‘rsatadi.

Bizning dunyo miqyosidagi uyushmamizga qo‘shiling

Dunyo bo‘ylab har yili millionlab o‘quvchilar Khan Academyʼda taʼlim olishmoqda. Platformaning manbalari dunyoning 36 tiliga tarjima qilinadi, sayt esa ispan, fransuz va portugal tillarida ham faoliyat olib boradi.
Bizning uyushmamizga siz ham qo‘shiling va Khan Academyʼni oʻzbek tilida gavdalanishiga yordam bering!

Bepul. Hamma uchun. Hamisha.

Hech qanaqa reklama va obuna bo‘lish shartlari yo‘q. Khan Academy notijorat platforma hisoblanib, u yuqori sifatli ta’lim bepul, hammaga va har joyda bo‘lishiga ishonadi. Loyiha mazkur qadriyatlarni hurmat qiluvchi minglab ko‘ngillilar yordami natijasida yashab kelmoqda.
Loyihada ishtirok etishni bugundan boshlang!