fbpx

Ko‘p beriladigan savollar

Khan Academy nima?

Khan Academy — bu notijorat taʼlim tashkiloti boʻlib, 2008-yilda MIT va Garvard bitiruvchisi Salmon Xon tomonidan asos solingan. Akademiya sayti matematika, tarix, sogʻliqni saqlash va tibbiyot, moliya, fizika, kimyo, biologiya, astronomiya, iqtisodiyot, kosmologiya, organik kimyo, Amerika fuqarolik jamiyati asoslari, sanʼat tarixi, makro va mikroiqtisodiyot fanlariga oid jami 10 000 dan ziyod bepul video darslar taqdim etadi.

xanakademiyasi.uz nima?

xanakademiyasi.uz — bu “Bilim Onlayn” notijorat tashkiloti sayti boʻlib, tashkilot Oʻzbekistonda Khan Academyʼning ingliz tilidan oʻzbek tiliga tarjimasi va uni mahalliylashtirish bilan shugʻullanadi hamda mos ravishda Khan Academy Oʻzbek deb nomlanadi.

Khan Academy Oʻzbek

Khan Academy Oʻzbek (uz.khanacademy.org) — qisqa qilib aytganda, video darslar, amaliy mashgʻulotlar, farzandning oʻzlashtirishini tekshirish uchun ota-onalar paneli va sinfdagi oʻquvchilarning oʻzlashtirishini kuzatish uchun oʻqituvchi paneli demakdir.

Khan Academy Oʻzbekdan foydalanish uchun nima qilish kerak?

uz.khanacademy.org saytiga oʻtib, undan foydalanishingiz mumkin. Agar bilim olishni istasangiz, avvalo, oʻquvchi sifatida roʻyxatdan oʻting. Oʻqituvchi yoki ota-ona boʻlsangiz, oʻzingizga mos keluvchi profil turi — ota-ona yoki oʻqituvchi sifatida roʻyxatdan oʻting.

Loyihaga xayriya qilish uchun nima qilishim kerak?

Loyihani qoʻllab-quvvatlash uchun xanakademiyasi.uz saytiga oʻting va “Xayriya qilish” tugmasini bosing. Bundan soʻng, qaysi usulda loyihaga mablagʻ oʻtkazishni tanlang yaʼni Uzcard, Humo yoki Visa, MasterCard, PayPal kartalari orqali.

Chek yubora olamanmi?

Afsuski yo‘q. Biz faqat onlayn tarzda qilingan xayriyalarni qabul qila olamiz.

Aksiyalarni xayriya qilishning iloji bormi? Bankdan pul o‘tkazish yo‘li bilan-chi?

Ha, biz aksiya koʻrinishida qilingan xayriyalarni ham, ichki va xalqaro pul o‘tkazmalarini ham qabul qilamiz. Bu haqida batafsil ma’lumot olmoqchi bo‘lsangiz, iltimos [email protected] elektron manziliga yozing.

AQSH dollaridan boshqa valyutada ham pul yuborsa bo‘ladimi?

Biz hadyalarni faqatgina AQSH dollarida qabul qila olamiz. Tranzaksiya paytida pul bank kursi bo‘yicha konvertatsiya qilinadi, shu sababli biz sizdan shuni inobatga olishingizni yoki pulni AQSH dollarida yuborishingizni so‘rab qolamiz. PayPal orqali qilingan xayriyalar avtomatik ravishda AQSH dollariga o‘tkaziladi – balki bu xizmat turi sizga ko‘proq to‘g‘ri kelar.

Men qilgan xayriyalar loyihaga yordam berayotganiga ishonch hosil qilmoqchiman. Bilim Onlayn o‘z mablag‘larini qayerga va qanday ishlatayotganligi haqida ma'lumotni qayerdan olsam bo‘ladi?

Biz uchun safdoshlarimiz bizning faoliyatimiz haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi juda ham muhim. Bilim Onlayn’ning moliyaviy hisobot sahifasiga tashrif buyuring va fond xayriyalarni qanday sarflayotgani haqidagi ma’lumotga ega bo‘ling.