Bizga ko‘prog‘iga erishishga yordam bering

Biz notijorat tashkilotmiz va sizga o‘xshagan odamlar ko‘magiga tayanamiz. Agarda har biringiz kamida 20 ming so‘m xayriya qilsangiz, tarjima ishlari 2 yil ichida o‘z nihoyasiga yetadi.

Biz sizdan loyihani qo‘llab-quvvatlashingizni so‘raymiz, bu bilan siz millionlab yoshlarni yuqori sifatli bilimga ega bo‘lishiga yordam bergan bo‘lasiz.

Bilim Onlayn notijorat tashkilot hisoblanib, O‘zbekiston hududida soliqdan ozoddir (soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami: 000-000). Sizning qilgan hadyalaringizdan soliq olib qolinmaydi, bu O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida aks ettirilgan.

Hadya qilgan odamlar va umuman qilingan hadyalar haqida ma’lumot olish uchun bizning safdoshlarmiz sahifalariga o‘ting. Blogimiz bilan tanishishmoqchi bo‘lsangiz va qilingan ishlar hisobotini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, bu yerga bosing.

Ko‘p beriladigan savollar

Chek yubora olamanmi?

Afsuski yo‘q. Biz faqat onlayn tarzda qilingan xayriyalarni qabul qila olamiz.

Aksiyalarni hadya qilishni iloji bormi? Bankdan pul o‘tkazish yo‘li bilanchi?

Ha, biz aksiya koʻrinishida qilingan hadyalarni ham, ichki va xalqaro pul o‘tkazmalarini ham qabul qilamiz. Bu haqida batafsil ma’lumot olmoqchi bo‘lsangiz, iltimos uz.khanacademy.org@gmail.com elektron manziliga yozing.

AQSH dollaridan boshqa valyutada ham pul yuborsa bo‘ladimi?

Biz hadyalarni faqatgina AQSH dollarida qabul qila olamiz. Tranzaksiya paytida pul bank kursi bo‘yicha konvertatsiya qilinadi, shu sababli biz sizdan shuni inobatga olishingizni yoki pulni AQSH dollarida yuborishingizni so‘rab qolamiz. PayPal orqali qilingan xayriyalar avtomatik ravishda AQSH dollariga o‘tkaziladi – balki bu xizmat turi sizga ko‘proq to‘g‘ri kelar.

Men qilgan xayriyalar loyihaga yordam berayotganiga ishonch hosil qilmoqchiman. Bilim Onlayn o‘z mablag‘larini qayerga va qanday ishlatayotganligi haqida ma'lumotni qayerdan olsam bo‘ladi?

Biz uchun safdoshlarimiz bizning faoliyatimiz haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi juda ham muhim. Bilim Onlayn’ning moliyaviy hisobot sahifasiga tashrif buyuring va fond xayriyalarni qanday sarflayotgani haqidagi ma’lumotga ega bo‘ling.

Yana qanday yordam berishingiz mumkin?

Bizga jamiyatimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan juda ham ko‘p iste’dodli, faol va tajribali ko‘ngillilar yordam beradi.

Qo‘shimcha yordam berishni istasangiz, bu yerga bosing.